Energetika vazirligi korxona, tashkilotlarni onlayn ish rejimiga oʼtkazishni soʼramoqda

Energetika vazirligi mamlakatimizda hukm surayotgan sovuq ob-havo tufayli aholi tomonidan gaz va energiyaga boʼlgan ehtiyoj ortishi hamda koʼrilayotgan choralar yuzasidan aholiga murojaat qildi.
“Energiya resurslaridan oqilona va imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish muhim omil hisoblanadi. Buning uchun imkon qadar xonadonlarda bittadan ortiq elektrda ishlaydigan isitish qurilmalaridan foydalanmaslik, korxonalar va tashkilotlar xodimlarini vaqtincha onlayn ish rejimiga oʼtkazish, ortiqcha koʼcha chiroqlarini, reklama ekranlari va illyuminatsiyalar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolardagi chiroqlarni oʼchirish lozim”, – deyiladi vazirlik murojaatida.






