Energetika vazirligi va Gazprom OAJ o‘rtasidagi hamkorlik

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultanov va “Gazprom” OAJ Boshqaruv kengashi raisi Aleksey Miller o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Gazprom EP International” kompaniyasi tomonidan imzolangan “Jel koni bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim” doirasida izchil rivojlanmoqda.
Muzokaralar chog‘ida A.Sultanov va A.Miller O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va “Gazprom” OAJ o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilgan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildilar.
“Gazprom”ning O‘zbekistondagi manfaatlarini “Gazprom EP International B.V”– “Gazprom” OAJ kompaniyasining uglevodorod konlarini izlash va rivojlantirish sohasidagi xorijiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniyasi himoya qiladi.






