Energetiklardan foydalanilgan holda aksiyalar o'tkazish taqiqlanadi

Energetik ichimliklar reklamasida soat 7:00 dan 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish, energetik ichimliklar namunalarini voyaga yetmaganlar o'rtasida reklama qilish maqsadida bepul tarqatish, energetik ichimliklardan foydalanilgan holda rag'batlantiruvchi aksiyalar o'tkazish taqiqlanadi.
Shuningdek, energetik ichimliklar reklamasida:
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) orqali energetik ichimliklarni reklama qilish;
voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni reklama qilish;
asosan voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan bo'lsa;
voyaga yetmaganlar orasida energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o'yinlarni va boshqalarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
asosan bolalar va o'smirlar uchun mo'ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta'lim muassasalarida hamda tashkilotlarida energetik ichimliklarni reklama qilish taqiqlanadi.






