Yil sarhisobi: eng omadli tadbirkor ayollar taqdirlandilar

Joriy yilning 17-dekabr kuni Savdo sanoat palatasi, MPA Creative Media Agency, Nest One, "Travel Continent" sayyohlik agentligi hamkorligida Nest One majmuasida, “AYOL VA BIZNES” GALA AWARDS 2022 taqdirlash marosimi va gala networking oʼtkazildi.

Yilning eng faol biznes blogeri, ayollarni rivojlanishiga xizmat qiluvchi yirik loyihalar tashkil etgan yil tadbirkori, eng yaxshi ijtimoiy loyihalar tashabbuskor tadbirkori, eng muvaffaqiyatli oilaviy biznesi kabi 10 ta nominatsiya orqali eng omadli tadbirkor ayollari taqdirlanishdi.

Shuningdek, Nest One, Travel Continent hamda Oʼzbekiston Respublikasi Savdo Sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu shov-shuvli marosimning Gala Dinner qismida tadbirkorlarning oʼzaro fikr va tajriba almashishligiga ajoyib imkoniyat yaratildi.

Maʼlumot o’rnida, 2021-yil tashkil etilgan MPA CREATIVE MEDIA AGENCY kompaniyasi “Shaxsiy brend va biznes”, “Аyol va biznes - Biz oʼsishga qodirmiz” kabi mavsumiy yirik biznes forumlar va loyihalari orqali xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini taʼminlash, ayollar biznesini mustahkamlash va ommalashtirishga oʼz xissasini qoʼshib kelmoqda. Tashkil etilgan loyihalarda jami 600 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, tajribali ishbilarmon ayollar va oʼz biznesini yoʼlga qoʼymoqchi boʼlgan yosh qizlar, blogerlar, sanʼatkorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xorijlik biznes ekspertlar, moliya institutlari vakillari ishtirokida faol tadbirkorlar netvorkinggi (klubi) yuzaga keldi.