"Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus" koʻrik-tanlovni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi

Bugun “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlis davomida ushbu koʻrik-tanlov har yili o'tkazilishi qayd etildi. Shuningdek, tanlovda jamiyat rivoji uchun tashabbus ko‘rsatayotgan tuman (shahar) hokimliklari, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlari, jismoniy shaxslar qatnashishlari mumkinligi taʼkidlandi.

Nizomga ko‘ra, ko‘rik-tanlovni har yili iyul-noyabr oylarida uch bosqichda o‘tkazish belgilangan. Ushbu 3 bosqichdan so'ng Respublika komissiyasi eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilarni aniqlaydi