Eng yaxshi jamoat transportiga ega 10 ta shahar

Oliver Uayman konsalting kompaniyasi va Berkli Kaliforniya universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, Gonkong jamoat transporti uchun dunyodagi eng yaxshi shahar deb topildi.
Shahar transport tarmog'i nafaqat arzonligi, balki yuqori stansiya zichligi va yaxshi temir yo'l infratuzilmasi bilan ham yuqori natijaga ega. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, u sayohatchilarga shahar bo'ylab sayohat qilishda yordam berish uchun smartfon ilovasidan foydalanishni ham taklif qiladi.
Bundan tashqari, tadqiqot davomida dunyoning 60 ta yirik shaharlarining transport tizimlari oʻrganilgan. Bunda jamoat transportining mavjudligi, stansiyalar, shuningdek, shahar elektrichkalari uchun temiryo‘l infratuzilmasi kabi mezonlar e’tiborga olingan.
Dunyodagi eng yaxshi jamoat transporti ro’yxatida Gonkongdan keyin Syurix ikkinchi, Stokgolm uchinchi o'rinni egallagan. Reytingda eng oxirgi o‘rinlarda Ar-Riyod (57-o‘rin), Nayrobi (59-o‘rin) va Jidda (60-o‘rin) qayd etilgan.
Shuningdek, top o’ntalikdan Singapur, Xelsinki, Oslo, Parij, Berlin, London va Tokio ham o’rin olgan.






