Eng yaxshi tadbirkorlar taqdirlandi

20-avgust kuni Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida mamlakatimizning eng yaxshi tadbirkorlarini rag'batlantirish farmoyishiga ko'ra taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash tadbiri uchta, ya’ni “Eng ko‘p ish o‘rinlarini yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi” va “Eng yaxshi eksportchi” nominatsiyasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Marosimda mamlakatimizning turli hududlaridagi jami 100 nafar tadbirkor taqdirlandi.