Eng yirik avtomobil bozorlari orasida Hindiston ilk bor kuchli uchlikda

Ilk bor Hindiston eng yirik avtomobil bozorlari orasida Xitoy va AQShdan so‘ng uchinchi o‘rinda qayd etildi. Ma’lum qilinishicha, 2022-yilda Hindistonda 4,25 millionta avtomobil sotilgan.
Shu tariqa, Hindistonda avtomobil sotish hajmi yil yakuniga ko‘ra, boshqa ishlab chiqaruvchilarning dekabrdagi ko‘rsatkichlarini hisobga olmaganda ham, Yaponiya uchun yillik ko‘rsatkichdan oshib ketdi.
O‘tgan yili Xitoyda avtomobillar savdosi 1,7 foiz o‘sib, jami 75 mln dona avtomashina sotilgan. AQShda, aksincha, sotuv hajmi yillik kesimda 7,8 foiz pastlab, jami 13,89 mln dona mashina xaridorlarga yetkazilgan.






