Eophylica priscatellata 99 million yildan buyon o’zgarishga uchramay kelayotgan gul

So'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Janubiy Afrikadan topilgan qahraboning ichida tosh qotgan “Eophylica priscatellata” 99 million yildan beri o’zgarmay kelmoqda. Ushbu qahrabo parchasi dinozavr suyaklarining oyoq qismidan topilgan.

Bu gul bir paytlar hozirgi Myanma hududida gullagan bo’lib, ushbu topilma fanga gulli o’simliklarning qanday rivojlanish bosqichlaridan o’tganligini ochib berishi mumkin. Gulli o’simliklarning rivojlanish davri Charlz Darvin tomonidan "jirkanch sir" sifatida e'tirof etilgan.

Xitoyning Xishuangbanna tropik botanika bog‘i professori Spayser “Bu o‘ziga xos gullar o’zlarining zamonaviy qarindoshlaridan deyarli farq qilmaydi”, deya o’z fikrlarini bayon etib o’tdi.

Spayserning ta’kidlashicha, bugungi kunda ko'plab paporotniklar, ignabargli daraxtlar va chinor hamda magnoliya kabi gulli o'simliklar dinozavrlar davridan buyon o’sib, rivojlanib va o’zgarib kelayotgan bo’lsa, “Eophylica priscatellata” bugungi kunda topilgan deyarli umuman o'zgarishga uchramagan birinchi gulli o'simlikdir.