EPAM Systems kompaniyasi Rossiya va Belarusdagi yuzlab xodimlarini O‘zbekistonga ko‘chirdi

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi EPAM Systems kompaniyasi Belarus va Rossiyadagi xodimlarini O‘zbekistonga ko‘chirdi, deya xabar berdi Forbes.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilda EPAM kompaniyasining filiali ochilgan, 2021-yil o‘rtalarida bu yerda 150 nafarga yaqin mutaxassis faoliyat yuritgan.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, gap bir necha yuz kishi haqida bormoqda.

«Bizning O‘zbekiston uchun ochilgan chatimizda 600ga yaqin odam bor, demak, mingga yaqin xodim ko‘chib kelgan», degan kompaniya xodimlaridan biri.

P.S. EPAM O‘zbekistondagi IT-park rezidenti ham hisoblanadi.

EPAM Systems 1993-yilda AQShda belaruslik tadbirkorlar Arkadiy Dobkin va Leonid Lozner tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya bosh qarorgohi Qo‘shma Shtatlarda joylashgan bo‘lib, EPAM 40dan ortiq mamlakatda faoliyat ko‘rsatadi.