Erdo‘g‘on: Turkiyada 150 mln barrel neft zaxirasiga ega yangi kon topildi

“Anadolu”ning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo’gʼanga tayanib ma’lum qilishicha, mamlakatning shimoli-sharqidagi Gabar tog‘i hududida yangi neft koni topilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, topilgan neft zaxiralarining sof hajmi 150 million barrelni tashkil etadi. Ma’lum qilinishicha, Erdo’gʼan zaxiralarning qiymati qariyb 12 milliard dollarga baholanayotganini aytgan.
“Bu 2022-yilda quruqlikda topilgan eng yirik 10 ta kondan biridir”, — deydi Turkiya yetakchisi.






