Erdo’gʼan: Oxirgi fuqaro olib chiqilmagunicha, qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettiramiz

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’gʼanning seshanba kungi bayonotida keltirilishicha, zilzila oqibatida halok boʼlganlar 35 418 nafarga yetgan, 105 505 kishi esa jarohatlangan. Turkiyada “asr falokati” deb atalayotgan zilzila oqibatida 47 ming binodagi 211 mingta uy vayron boʼlgan.

“Mart oyi boshidan 30 mingta uy qurilishi boshlanadi. Uylar zilzila asoratlaridan uzoq yerlarda qad rostlaydi”, — deya qayd etdi Turkiya Prezidenti.

Uning qoʼshimcha qilishicha, yer silkinishi oqibatida yetgan zararni aniqlash ishlari bir hafta ichida yakunlanadi. “Oxirgi fuqaro olib chiqilmagunicha, qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettiramiz”, — dedi Rejep Tayyip Erdo’gʼan.