Erdo'g'on Turkiya prezidenti saylovlarida 3-marta ishtirok etishini ma’lum qildi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on 2023-yilning yozida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida yana o'z nomzodini ko‘rsatishini ma'lum qildi.
U prezidentlik saylovlarida Xalq ittifoqi nomzodi ekanligini ham qayd etdi.
Ma'lumot o'rnida, Xalq ittifoqi hukmron blokiga “Adolat va taraqqiyot” va “Millatchi Harakat” partiyasi kiradi.
Xabarlarga ko’ra, hozircha boshqa partiyalar tomonidan nomzodlar e'lon qilinmagan.
P.S. Rejep Tayyip Erdo'g'on 2014-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda. U hozir 68 yoshda.






