Eron ShHTga qabul qilinadi

15 va 16-sentabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan navbatdagi sammitda Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo boʻladi.
Bu haqda 11-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b Vladimir Norov ma’lum qildi.
“Bu yil Oʻzbekiston raisligi doirasida Eron kuzatuvchi davlat sifatida ShHTga aʼzolikka qabul qilinadi. Samarqandda Eronning ShHT aʼzosi sifatidagi majburiyatlari boʻyicha memorandum ham imzolanadi”, — dedi Norov Moskvadagi davra suhbatida.
Tashkilotda 2012-yildan buyon kuzatuvchi maqomiga ega boʻlgan Eron 2008-yilda uning toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻz safiga qoʻshilish uchun ariza bergan edi, biroq BMT Xavfsizlik Kengashining Tehronga qarshi sanksiya rejimi tufayli bu davlatning aʼzoligi uzoq yillar maʼlum darajada qolib ketdi. 2015-yilda, Eron bilan yadroviy kelishuv paydo bo‘lgandan so‘ng, undan sanksiyalar olib tashlandi.






