Eron tashqi ishlar vaziri O'zbekistonga tashrif buyuradi
5 aprel kuni tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif boshchiligidagi Eron delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika va boshqa sohalarda O'zbekiston-Eron munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlar o'zaro mintaqaviy va xalqaro masalalar bo'yicha fikr almashadilar.