Eronda 5,3 magnitudali zilzila qayd etildi

Yevropa-Oʼrtayer dengizi seysmologiya markazining xabar berishicha, Eronda 5,3 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzila markazi 352 ming kishi istiqomat qiladigan Bandar Аbbos shahridan 113 km shimoli-gʼarbda joylashgan. Manba esa 10 km chuqurlikda. Hozircha vayronagarchilik va qurbonlar haqida maʼlumot berilmagan.