Ertaga Toshkentda bir qancha ko‘chalar yopiladi

21-aprel kuni Toshkent shahrining bir necha ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ramazon hayitining birinchi kuni – 21 aprelda poytaxtdagi 116 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 21-aprel kuni soat 00:00 dan 7:30 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Harakat vaqtincha to‘xtatiladigan ko‘chalar ro‘yxatini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

https://www.tashkent.uz/oz/news/hurmatli-hamshaharlar-va-poytaxtimiz-mehmonlari2