Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

Hukumat qarori bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorga o'zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

2010-yilgacha bo'lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.