Evropa yozgi vaqtga o’tmoqda, ammo bu amaliyotni bekor qilmoqchi

2019 yilda Finlyandiya soat milarini yozgi vaqtga ko’chirilishini bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan va bu masala Evropa Ittifoqi kengashida ko'rib chiqilishi kerak.Evropaning deyarli barcha mamlakatlari yakshanba kuni yozgi vaqtga o'tdilar, vaqt mili bir soat oldinga o’tkazildi.Bu yil yozgi vaqtga o'tish 27 dan 28 chi martga o’tar kechasi sodir bo'ldi. Ammo Evropaning barcha mamlakatlari ham yozgi vaqtga o'tmadi - bu Belarusiya va Rossiyada amalga oshirilmaydi.Finlyandiya transport va aloqa vazirligi xabar berishicha, mamlakat ikki yil avval ushbu taklif bilan Evroparlamentga chiqqan.Ayni paytda Evropa Ittifoqining kengashi ushbu masalani ko'rib chiqmoqda. Masala o'tgan yili muhokama etilishi lozim edi, biroq pandemik sharoit sabab qoldirildi.Hozirda Evropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida soat mili yozgi vaqtga o’tkazildi.Eslatib o’yamiz, Evropa mamlakatlarida soat milini yozgi vaqtga o’tkazish 1980-yil boshlaridan joriy etilgan. Belarus 2011 yilda Rossiyadan keyin ushbu amaliyotdan voz kechgan.