Expo 2020 Dubayda O'zbekiston milliy kuni

Nufuzli mehmonlar, milliy kuy qo'shiqlar, o'zbek oshi va Top Business jurnalining O'zbekiston milliy kuni uchun maxsus soni. Dubaydan maxsus fotoreportaj.
Xabaringiz bor, 8-dekabr kuni Dubay shahrida bo'lib o'tayotgan Expo 2020 ko'rgazmasida O'zbekiston milliy kuni nishonlandi. Tadbirda oliy darajadagi mehmonlar va mezbonlar qatnashdilar. Qolaversa 1000 kg o'zbek oshi barcha tashrif buyuruvchilarga tarqatildi.
Muhammad Ibn Rashid Al Maktum, shuningdek, Shayx Muhammad — Dubay amiri sifatida tanilgan, Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri va vitse-prezidenti ham bizning pavilyon mehmoni bo'ldi va O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov tomonidan iliq kutib olindi.
Kun davomida Top Business jamoasi tomonidan tayyorlangan jurnalning maxsus soni ham mehmonlarga tarqatildi. Jurnalda O'zbekistondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar, Oliy ta'lim muassasalari, tibbiyot markazlari, yetuk yosh sport ustalari va O'zbekiston haqida ko'plab qiziqarli ma'lumotlar chop etilgan.






