Eyfel minorasining umumiy balandligi 330 metrga yetdi

 
Eyfel minorasining ustiga poytaxt hududida raqamli radio uchun signal uzatilishini yaxshilovchi antenna o’rnatildi. Yangi qurilma oʼrnatilgach, Eyfel minorasining umumiy balandligi 330 metrga yetdi.
 
Eyfel minorasining uzunligi yana olti metrga balandladi. Bu Parijning asosiy ramzi ustiga vertolyot yordamida oʼrnatilgan yangi radio antennasining balandligidir.
 
Oʼrnatish tadbirining oʼzi 15 daqiqa davom etdi, ammo uni tayyorlash uchun deyarli bir yil kerak boʼldi.