Facebook asoschisi Mark Zuckerberg haqida 10 ta fakt

Facebook asoschisi va Bosh ijrochi direktori Mark Sukerberg 2008 yil, 23 yoshida dunyodagi eng yosh milliarderga aylanib, butun dunyoni lol qoldirgan.
Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Zuckerbergning sof daromadi 95.9 milliard dollarni tashkil qiladi.
Mark Zuckerberg daltonizmdan aziyat chekadi. Milliarder qizil va yashil ranglarni ajrata olmaydi. U uchun farqlash eng oson bo‘lgan rang — ko‘k. Shuning uchun ham, Facebookning logotipi ko‘k rangda.
Zuckerberg har kuni bir xil kulrang futbolka kiyib yuradi. O‘zining tushuntirishicha, bu bilan u kiyim tanlashga vaqt sarflab o‘tirmas ekan.
Mark 2011 yilda vegetarianga aylangan va faqatgina o‘zi so‘ygan hayvonlar go‘shtini yeyishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Zuckerbergning Beast (talaffuzi: Bist) laqabli kuchugi bor. Beast venger ovcharkasi bo‘lib, Facebookda 2 milliondan ortiq muxlisga ega.
Yuqori maktabni tamomlashidan oldin Zuckerbergga bir necha nufuzli kompaniyalardan ish taklif qilingan, biroq u Garvard Universitetida o‘qishga qaror qilgan. Vaholanki, keyinchalik Facebookka asos solgach, bor vaqtini tarmoqni rivojlantirishga sarflash uchun universitetdan ketgan.
Facebookka asos solishidan oldin Zuckerberg Fesmas nomli veb-sayt yaratgan.
Zuckerberg turmush o‘rtog‘i Prissilla Chan bilan universitetda o‘qib yurgan paytda, bazmlardan birida tanishib qolgan. Prissilla, avvaliga, Markni o‘ta zerikarli odam bo‘lsa kerak deb o‘ylagan.
Facebook rahbari 6 ta tilni mukammal biladi va bu tillarda ravon so‘zlasha oladi. Ular: fransuz, ibroniy, lotin, qadimiy yunon, mandarin va ingliz tillari. Mandarin tilini turmush o‘rtog‘ining oila a’zolari bilan muloqot qila olish uchun o‘rgangan.
2015 yil dekabr oyida Zuckerberg va Prissilla Facebookdagi o‘zlariga tegishli aksiyalarning 99% ini boshqalarga topshirib yuborishga qaror qilganlarini e’lon qilgan.
O’z vaqtida 467 mingdan ortiq Twitter foydalanuvchisi Zuckerbergning Twitterda tasdiqlangan shaxsiy akkauntga emas balki uning norasmiy profiliga obuna bo’lgan






