Facebook Instagram'dagi zararli kontentdan yoshlarni himoya qilish tizimini joriy etadi

Facebook Instagram'dagi zararli kontentdan o'smirlarni himoya qilish uchun yangi vositalarni joriy qiladi, deya xabar beradi kompaniya vitse-prezidenti. Tizim ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni cheklash va ota-onalarga o'smirlarning akkauntlarini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Facebook'ning global masalalar bo'yicha vitse-prezidenti Nik Klegg, Instagram ijtimoiy tarmog'ida yoshlarning ruxiyatiga zarar yetkazuvchi kontentdan himoya qilish uchun yangi vositalarni joriy etishini ma'lum qildi. Tizim Instagram'da uzoq vaqt davomida onlayn bo‘lgan foydalanuvchiga majburiy tanaffus beradi. Bu o‘z navbatida ota-onalar o‘z farzandlarining akkauntini nazorat qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Yangi chora-tadbirlar, shuningdek, Facebook'dagi siyosiy kontentni cheklaydi, deydi Klegg. Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan optsiya xususiyatlari to‘g‘risida aniq ma'lumot berilmadi.
Demak, birinchi funksiya vaqtni chegaralasa, ikkinchisi esa o‘smirlarni zararli kontentlardan himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, kompaniyaning 13 va undan kichik yoshdagi bolalar uchun onlayn xizmat sentyabr oyining oxirida to'xtatilgan edi.
"Biz inson tabiatini o'zgartira olmaymiz. Biz har doim internetda yomon narsalarni ko'ramiz. Biz ularni kamaytirish va yumshatish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz. Odamlar ijtimoiy tarmoqlar haqida fikrini o‘zgartirish davri keldi" - dedi Klegg.






