Facebook nega o‘zining nomini o‘zgartirmoqchi?

Brendning yangi nomini 28-oktyabr kuni Mark Tsukerberg shaxsan o‘zi e'lon qiladi.

Facebook kompaniyasi keyingi haftada nomini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, deya xabar tarqatmoqda The Verge portali. Yangi nom tashkilot "metaolami" konsepsiyasini o‘zida aks ettiradi.

Qayd etilishicha, yangi nom Facebook’ning yangi virtual ofis ilovasi Horizon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning o‘zi hozircha nom o‘zgarishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh bermagan.

Xabarda keltirilishicha, brendning qayta nomlanishi 28-oktyabrda e’lon qilinadi. Kompaniya rahbariyatining niyatiga ko‘ra, Facebook nomi ijtimoiy tarmoqdagina qoladi va bu orqali u tashkilotning bitta proyekti ekanligiga urg‘u beriladi.