Facebook va Instagram Rossiyada ekstremistik deb tan olindi

Meta Rossiyada ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan, Facebook va Instagram faoliyati taqiqlandi. Bu qaror WhatsApp ga ta'sir etmadi.

Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi Rossiyada ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan.

21 mart kuni Moskva sudi Bosh prokuraturaning da'vosi bo'yicha shunday qaror qabul qildi.

Bosh prokuraturaning da'vosi 11 mart kuni kompaniya Ukraina aholisining rossiyalik harbiy xizmatchilar haqidagi bayonotlarini o'z ichiga olgan nashrlarni moderatsiya qilish siyosatini vaqtincha o'zgartirayotgani haqidagi xabardan keyin qo'zg'atilgan.