Fanga noma’lum daraxtga Leonardo DiKaprio nomi berildi

Dikaprio Markaziy Afrikadagi o‘rmonlar kesilishiga qarshi kurashgan ekofaol sifatida shunday e’tirofga sazovor bo‘ldi. Rasmiy nomi “Uvariopsis dicaprio” deb nomlangan ushbu daraxt faqat Markaziy Afrikadagi Kamerun o'rmonida o'sadi.

Leonardo DiKaprio – amerikalik mashhur aktyor, iqlim o‘zgarishi faoli. Uning ekomasalalar bilan shug‘ullanuvchi alohida fondi ham bor. Fond bioxilma-xillik, okean, o‘rmonlar himoyasi, iqlim o‘zgarishi masalalari bilan shug‘ullanadi.