«Faol tadbirkor» ko'krak nishoni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, mamlakatimiz rahbari tomonidan Tadbirkorlar kuni munosabati bilan "Faol Tadbirkor" ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bugun ushbu nishonni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayev, Savdo Sanoat Palatasi raisi Davron Vaxabov, Biznes Ombudsman Dilmurod Kasimov va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida taqdirlangan tadbirkorlar so'zga chiqib, Prezidentimizga ushbu sharafli ko'krak nishoni hamda yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va keng istiqbollar uchun tashakkur bildirishdi.
Eslatib o'tamiz, "Faol tadbirkor" ko'krak nishoni bilan iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishida, yangi ish o‘rinlarini yaratishda, innovatsiyalarni joriy etib, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda alohida ibrat ko‘rsatayotgan 100 ta tadbirkor taqdirlandi.






