Farg'ona shahrida raqamli texnologiyalar o'quv markazi ochildi

Farg'onada yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, axborot texnologiyalarini ommalashtirish maqsadida viloyatda raqamli texnologiyalarni o'qitish markazi ochildi, - deb yozadi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, Farg‘ona viloyati va Farg‘ona shahri hokimliklari, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar rahbar va xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.

Xususan, ushbu o'quv markazi mintaqadagi yoshlarning kompyuter savodxonligi sohasida rivojlanishiga xizmat qiladi, shuningdek, yosh avlodga veb va mobil ilovalar yaratishga o'rgatadi.