Farovonlik va rivojlanish indeksi: O‘zbekiston qaysi o‘rinni egalladi?

O‘zbekiston Legatumning rivojlanish indeksida 167-o‘rindan 100-o‘ringa ko'tarildi. Bu haqda tahliliy markaz saytida ma'lum qilindi.

O‘zbekiston farovonlik indeksining umumiy reytingida 100-o‘rinni egalladi. 2011-yildan buyon O‘zbekiston reyting jadvalida 13 pog‘onaga ko‘tarildi.

O‘zbekiston ijtimoiy kapital va sog‘liqni saqlash sohasida eng yaxshi ko‘rsatkich, lekin atrof-muhit sohasida eng past ko'rsatkichni qayd etgan. O'n yil oldingi eng katta yaxshilanish korporativ muhitda kuzatilgan.

Ma’lumot uchun: Legatum Prosperity Index Britaniyaning The Legatum Institute tahliliy markazi tahliliy ko‘rsatkichlari bo‘lib, dunyo mamlakatlari yutuqlarini ularning farovonligi va rivojlanishi bo‘yicha baholaydi.

Ushbu reyting Britaniyaning The Legatum Institute tahliliy markazi tomonidan 2006 - yildan buyon e'lon qilinadi.