Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisiga “Do‘stlik” ordenini topshirildi

MDH PA 53-yalpi majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi V. Matviyenkoga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev nomidan “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Prezident Sh.Mirziyoyevning Farmoniga muvofiq O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida faol sa’y-harakatlari va shaxsiy hissasi, ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani, O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali hamkorlik, shu jumladan, mintaqalararo hamkorlik va ikki tomonlama madaniy-gumanitar almashinuv salohiyatini to‘liq ochib berishga qaratilgan dastur va loyihalarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashgani uchun Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Ivanovna Matviyenko “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.