Feniks 99 - bionik ko'z gadjeti

Bionik ko'z texnologiyasi ko'zi ojiz insonlar uchun yordamchi hisoblanadi.

Feniks 99 ko'zoynagiga kichik kamera simsiz ravishda ulangan bo’lib, u foydalanuvchining ko’z to'r pardasini rag'batlantirish orqali ishlaydi. Retina ko'zning orqa qismidagi yorug'likka sezgir hujayralar qatlami bo'lib, yorug'likni elektr xabarlariga aylantiradi. Ushbu yorug'lik optik nerv orqali miyaga yuboriladi va bizning ko’z oldimizda tasvir namoyon bo’ladi.

Feniks 99 qurilmasi to'r pardaning muammoli hujayralarini chetlab o'tishga qodir bo’lib, hali ham ishlashga qodir bo'lgan hujayralarni "tetiklashtirish" imkonini beradi.

Nyu-Jersi shtatida yashovchi oftalmolog doktor Diane Hilol-Kamponigning ta’kidlashicha, "Texnologiyadagi yutuqlar oftalmologiya sohasida katta muvaffaqiyatlarga sabab bo'lmoqda. Innovatsiyalar nafaqat tashxisni oson va aniqroq qilishga, balki bemorlar parvarishini ham ancha yengillashtirishga yordam beradi".