Kichik Ferdinand Markos - Filippinning yangi prezidenti

Kichik Ferdinand Markos bugun Filippinning 17-prezidenti sifatida qasamyod keltirdi. U otasi xalq qo‘zg‘olonida hokimiyatdan ag‘darilganidan 36 yil o‘tib, mamlakatdagi eng mashhur siyosiy sulolalardan birini Malakanang saroyiga qaytardi.

Filippinda "Bongbong" nomi bilan tanilgan Kichik Markos 9-mayda bo‘lib o‘tgan saylovlarda milliy birlik platformasi va ko‘proq ish o‘rinlari, arzon narxlar va qishloq xo‘jaligi va infratuzilmaga ko‘proq sarmoya kiritish va'dalari bilan g‘alaba qozongan edi.

64 yoshli kichik Markos marhum diktator Ferdinand Markos Srning o‘g‘li. Otasi mamlakatni 1965-yildan 1986-yilgacha 21 yil davomida kleptokratik boshqaruvi inson huquqlarining buzilishi, keng tarqalgan korrupsiya va davlat g‘aznasini talon-taroj qilish bilan boshqargan.

Bugun 30-iyun kuni Maniladagi Malacanang prezidentlik saroyida Markosning inauguratsiyasi marosimida Filippinning yangi prezidenti kichik Ferdinand Markos va iste’fodagi prezident Rodrigo Duterte ishtirok etishdi.

“Bu barchamiz uchun tarixiy lahzadir. Sizlar meni xalqqa xizmat qilish va o'zgarishlar hammaga foyda keltirishi uchun tanladingiz. Men yelkamga yuklagan mas'uliyatning og'irligini anglab turibman. Buni yengil qabul qilmagan holda, bu vazifani bajarishga tayyorman", dedi yangi Prezident.