Ferrari Xitoydan 2200 dan ortiq sport avtomobillarini olib chiqadi

Italiyaning Ferrari sport avtomobillari ishlab chiqaruvchisi tormoz tizimidagi muammolar tufayli 2200 dan ortiq avtomobillarini Xitoy bozoridan chiqarib oladi.
“2022-yil 30-maydan boshlab italiyalik ishlab chiqaruvchi 2010-yil 2-martdan 2019-yil 12-martgacha ishlab chiqarilgan 458 Italia, 458 Speciale, 458 Speciale A, 458 Spider, 488 GTB va 488 Spider А seriyali avtomobillarining bir qismini qaytarib oladi. Jami 2222 ta avtomobil chiqarib olinadi», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Rahbariyat tushuntirganidek, bu modellarda tormoz suyuqligi oqishi mumkin, bu esa tormozlash samaradorligini pasayishiga yoki tormoz tizimining ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin.






