FIDE kuchli shaxmatchilar reytingini e’lon qildi

Oʼzbekistonlik uch nafar shaxmatchi Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) 100 nafar eng kuchli shaxmatchilari roʼyxatiga kiritildi. Reytingda Nodirbek Аbdusattorov 30-oʼrinda (2713 ochko), Rustam Qosimjonov 61-oʼrinda (2678 ochko) va Javohir Sindorov 94-oʼrinda (2654 ochko) qayd etilgan.

Bundan tashqari, FIDE eʼlon qilgan dunyoning eng kuchli yosh shaxmatchilar reytingida Nodirbek Аbdusattorov 4-oʼrindan, Javohir Sindorov 9-oʼrindan joy olgan.

Yosh qizlarning yuztalik reytingida Umida Omonova (2155) 65-oʼrinni, Аfroʼza Hamdamova (2143) 72-oʼrinni egallagan.