FIFA prezidenti Oʻzbekistonga keladi

Joriy yilning 5-6-may kunlari Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga oid hamkorlik loyihalarini muhokama qilish maqsadida FIFA prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyuradi.
Tashrif kun tartibidan yurtimiz futbol infratuzilmasi bilan tanishish va FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Dostlik” terma jamoalar bazasini koʻzdan kechirish oʻrin olgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazilshi kutilmoqda.






