FIFA reytingida Oʻzbekistonning oʻrni oʻzgardi

Butunjahon futbol assotiatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning mart oyi bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur reytingda uch pogʻona yuqorilab, 74-oʻrindan joy oldi.

Jahon chempioni boʻlgan Argentina terma jamoasi bu safar yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Fransiya esa bir pogʻona yuqorilab, ikkinchi oʻrinni egalladi. Shu vaqtga qadar birinchi oʻrinni band qilib kelayotgan Braziliyaga bu safar uchinchi oʻrin nasib qildi.

Kuchli beshlikdan Belgiya (4) hamda Angliya (5) joy oldi. Niderlandiyaga oltinchi, Xorvatiyaga yettinchi oʻrin nasib qildi.

Shuningdek, reytinning yettinchi oʻrinida Italiya, sakkizinchi oʻrinida Portugaliyani koʻrish mumkin. Dastlabki oʻntalikni Ispaniya yakunlab berdi.