FIFAning yangilangan reytingida Oʼzbekiston 6 pogʼona yuqoriga koʼtarildi

Bugun, 23-iyun kuni Xalqaro futbol federatsiyasi FIFAning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Eʼtiborlisi, Oʼzbekiston 4 yillik tanaffusdan keyin FIFA roʼyxatida 80 talik qatorga koʼtarildi.

Bugungacha 83-oʼrinda qayd etib kelingan terma jamoamiz 6 pogʼona yuqoriladi hamda 77-oʼrindan joy oldi.