Finlyandiya elchisi O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

3 avgust kuni Tanzila Narbaevaning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan, qarorgohi Xelsinki shahrida joylashgan, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi M.Liivala bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Finlyandiya siyosiy muloqotini, shuningdek, savdo-iqtisodiyot, turizm, ta’lim, gender tenglik va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida, M.Liivala Finlyandiyaning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi o‘z faoliyatida har tomonlama ko‘mak berilgani uchun minnatdorlik bildirdi.