Fitch yalpi ichki mahsulotning global o'sishini prognoz qilmoqda

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi 2021 yilda dunyo yalpi ichki mahsulotining o'sishi bo'yicha prognozini 6,1 foizga yaxshiladi, deyiladi Global Economic Outlook (GEO) ning navbatdagi hisobotida. “Interfaks”ning xabar berishicha esa, dekabr oyida 5,3 foizga o'sish kutilgan edi.

Hisobotda ta'kidlanishicha, hukumatlar tomonidan moliyaviy ko'makning sezilarli darajada oshgani, iqtisodiyotning ijtimoiy masofalanishga moslashishi va COVID-19ga qarshi emlash tezligining oshgani sababli prognoz yaxshilandi.

"Pandemiya hali tugamadi, ammo biz iqtisodiy inqirozning yakuniy bosqichiga kirganga o’xshaymiz", - deya taxmin qiladi agentlikning bosh iqtisodchisi Brayan Kulton.

Xitoyni hisobga olmaganda, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o'sishi 6 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.