FlyArystan aviakompaniyasi Olmaotadan Samarqandga parvozlarni tiklamoqda

Qozog‘istonning “FlyArystan loukoster” aviakompaniyasi Olmaota — Samarqand yo’nalishidagi reyslarni tiklamoqda. OlmaOta — Samarqand — OlmaOta yoʻnalishi boʻyicha birinchi yoʻlovchi reysi 2023-yil 18-martga belgilangan.

Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

P.S. FlyArystan — Qozog'istonning arzon aviatashuvlarni amalga oshiruvchi kompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozog'istondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.