FLYDUBAI aviakompaniyasi: Samarqand — Dubay yo'nalishida aviaqatnovlar sonini ko'paytirmoqda

Endilikda Samarqand — Dubay yo'nalishida aviaqatnovlar har kuni amalga oshiriladi. FLYDUBAI avikompaniyasi 7-dekabrdan boshlab hashamatli Boeing 737 MAX 8 havo kemalarida haftaning chorshanba kunida ham qo'shimcha reyslarni amalga oshiradi.
Har kuni reyslar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Dubay — Samarqand 2:25 (mahalliy vaqt bilan);
Samarqand — Dubay 3:25 (mahalliy vaqt bilan).
P.S. Avval FLYDUBAI BAA milliy aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 6 marta reyslar amalga oshirlib kelinayotgan edi.






