FlyDubai Samarqandga parvozlarni yo'lga qo'ydi

Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko’ra, Dubaydan Samarqandga birinchi reys 21-sentabrga belgilangan. Samolyotlar chorshanba va shanba kunlari parvoz qiladi.
Qayd etilishicha, yangi yo‘nalishning ishga tushirilishi Samarqand shahrining turizm salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston va BAA o‘rtasida muntazam qatnovlar soni haftasiga 13 tani tashkil etadi. Parvozlar Dubay havo yoʻllari va “Uzbekistan Airways” milliy kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
P.S. Bir tomonga chipta narxi 333 dollardan, qaytish chiptasi esa 525 dollardan boshlanadi.






