Food City ga ko'chgan Qo'yliq bozori sotuvchilari 3 oy patent yig'imini to'lamaydi

Bektemir tuman hokimi Food City savdo majmuasi va Qo'yliq bozori ko'chishiga doir savollarga javob berdi.

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdagi majlisida tuman hokimi Tapil Maxamadziyayev "Qo'yliq" bozorini "Food City" savdo majmuasiga o'tkazish bilan bog'liq vaziyatni tushuntirib berdi.

"Food City Bektemir tumanida joylashgan bo'lib, u bu hududga tegishli. Ikkinchidan, Ekobozorda ham mavjud bo'lmagan sharoitlar mavjud. Qo'yliqda asfaltga o'tirishdan ko'ra, u yerga ko'chib o'tish va savdo qilish yaxshiroqdir. Kadastrga ega bo'lganlar uchun barcha yo'qotishlar davlat tomonidan to'liq qoplanadi. Bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Narxlar oshmaydimi, degan savolga javob bersam: Food City hududida 6x4 metr o'lchamli 4 ta monitor o'rnatilgan, ularning bir aylanmasi 100 million so'm (reklama ). Ular bozorga qo'shimcha daromad keltiradi. Ushbu reklama orqali 3 oy davomida sotuvchilarni patent to'lashdan ozod qilish to'g'risida kelishib oldik.

Men xokim sifatida emas, balki fuqaro sifatida gapiryapman: bu bozorda muntazam ravishda kimdir yiqilib, qoqilib, jarohatlar oladi. Men ushbu bozorda o'zim ham bozorlik qilaman. Biz uni bosqichma - bosqich ko'chirishimiz kerak", dedi Mahamadziyaev.