FORE SPORT rahbari: O’zbeklar nihoyatda samimiy ekan

“Tashkent Fashion & Textile” xalqaro moda ko‘rgazmasi doirasidagi navbatdagi maxsus intervyu Turkiyaning “FORE SPORT” tekstil kompaniyasi rahbari, tadbirkor Hasan Alago’z bilan o’tkazildi.

Intervyu davomida Hasan Alago’z ko’rgazmaning yorqin jarayonlari, uning e’tiborini tortgan muhit, hamkorlik rejalari va o’zbek xalqining samimiyligi haqida gapirib berdi.

Ta’kidlash joizki, nihoyatda ochiqko’ngil turkiyalik tadbirkor ijodiy jamoamizga o’z mamlakatida mehmon bo’lish taklifini bildirib loyihamiz a’zolarini samimiyat bilan yodida saqlab qolishini aytdi.