«Formula 1» tashkilotchilari poygalarga ayol pilotlarni qabul qilishni ko‘rib chiqmoqda

«Formula 1» tashkilotchilari bu yil «F1 Akademiyasi» loyihasini - poyga seriyasini va ayol uchuvchilar uchun trening dasturini ishga tushiradi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, F1 akademiyasining bir mavsumida 21 ta poyga oʻtkaziladi, unda beshta jamoadan 15 ta mashina qatnashadi. Har bir avtomobil uchun «Formula 1» $156 000 ajratadi, ishtirokchilar ham o‘z mablag‘lari yoki homiylik hisobidan huddi shu miqdordahissa qo‘shishlari kerak.

Tashkilotchilar karting va o‘smirlar poygalari seriyasidan iqtidorli ayol haydovchilarni jalb qiladi, ularni o‘zgartirilgan F4 avtomobillarida o‘rgatadi, keyinroq «Formula 2» va «Formula 3»ga, ikki-uch yildan so‘ng esa «Formula 1» ga jo‘natadi.

Formula 3 va Formula 2 bosh direktori hamda F1 akademiyasi rahbari bo'lgan Bruno Mishel: «Biz ayol haydovchilar eng yuqori saviyada raqobatlashish uchun zarur bo‘lgan narsaga ega ekanligini isbotlaymiz», deb qayd etdi.

F1 Akademiyasi poygalarining taqvimi va seriya uchuvchilari ro‘yxati qachon e’lon qilinishi haqda aniqlik kiritmagan. Bloomberg taʼkidlaganidek, eng ehtimoldagi nomzodlar: 2021-yilda Ferrari poyga akademiyasida birinchi ayol boʻlgan gollandiyalik 18 yoshli Mayya Veug va karting boʻyicha 18 yoshli fransuz chempioni Dorian Pin.

Formula-1 chempionati tarixida bor-yo‘g‘i ikki nafar ayol poygada qatnashgan – 1950-yillarda beshta poygada qatnashgan Mariya Tereza de Filippis va 12 poygada qatnashgan Lella Lombardi, uning so‘nggi poygasi 1976-yilda bo‘lgan.