«Forsaj 10» filmining treyleri taqdim etildi

"Universal" kinokompaniyasi “Forsaj 10” (Fast X) jangari filmining birinchi treylerini taqdim etdi. Ma’lum qilinishicha, film 2023-yil 19-may kuni AQShda namoyish etiladi va bu seriyaning so‘nggi qismi bo‘ladi.
Filmning treylerida tomoshabinlarga tanish bo'lgan bosh rollar ijrochilari va yangi qahramonlar rol ijro etgan. Xususan, Jeyson Momoa ("Akvamen") va Bri Larson ("Kapitan Marvel") bilan birga Daniela Melshior, Alan Richson va EGOT mukofotiga sazovor bo'lgan aktrisa Rita Moreno kinoda debyut qilishadi.
Kinokartina haqidagi batafsil ma'lumot haligacha sir saqlanmoqda.






