FQBdan shaxsiy telefonlarga ta'qiq

FQB “xavfli kiber xujum” ehtimolligini hisobga olgan holda Olimpiya sportchilaridan shaxsiy uyali telefonlarini uyda qoldirishga va o’rniga maxsus “burner” (yondiruvchi yoki vaqtinchalik) telefonlardan foydalanishga undamoqda.
Ayrim Gʻarb davlatlarining Milliy olimpiya qoʻmitalari ham oʻz sportchilariga kiberxavfsizlik tufayli shaxsiy uyali aloqa vositalarini uyda qoldirishni yoki “vaqtinchalik” telefonlardan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Ma’lumot uchun, "vaqtinchalik" telefon - bu sizga kerak bo'lmaganda uni yo'q qilishingiz yoki tashlab yuborishingiz mumkin bo'lgan arzon mobil vosita. Jinoyatchilar qo’lga tushib qolishdan saqlanish maqsadida tez-tez bunday telefonlardan foydalanadilar. Maxfiylik nuqtai nazaridan, oxirgi chora sifatida yoki favqulodda vaziyatda “vaqtinchalik” telefondan foydalanishingiz mumkin.






