Fransiya aholisi jaziramadan aziyat chekmoqda

Fransiya janubidagi ayrim hududlarda havo harorati anomal 35 darajaga yetdi. Mavsumga hos bo‘lmagan g‘ayrioddiy issiqlikning bu to‘lqini mamlakat uchun rekord hisoblanadi.
Ko‘plab shaharlar aholisi jaziramadan aziyat chekmoqda.
Meteorologiya agentligining xabar berishicha, 11-apreldan buyon havo harorati doimiy ravishda me’yordan yuqori bo‘lgan. Bu geografik miqyosda alohida ahamiyatga ega holat, ya’ni global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq. Olimlarning ta’kidlashicha, 2022-yil may oyi 2011-yildagi rekordni ortda qoldirib, kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘lishi mumkin.






