Fransiya “Artemida kelishuvi”ni imzoladi

Fransiya AQSHning Oyni o‘zlashtirish bo‘yicha xalqaro dasturiga qo‘shildi. “Kosmosni tinch maqsadlarda o‘zlashtirish va tadqiqot qilish bo‘yicha tamoyillarini yana bir bor taʼkidlab Fransiya “Artemida kelishuvi”ni imzolagan 20 davlatga aylandi”, – deyiladi Davlat departamenti xabarida.

Kelishuvni imzolash marosimi Vashingtondagi, Fransiya elchixonasida bo‘lib o‘tgan.

P.S. AQSH 2024-yildan Oyga parvozlarni tiklamoqchi. Bu dastur Artemis ("Artemida") deb ataladi. 2020-yilda NASA barcha davlatlarni “Artemida kelishuvi”ni imzolashga chaqirgan edi.