Fransiya institutining filiallari Toshkent va Samarqandda ochiladi

"O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ va o 'zbekiston savdo-sanoat palatasi Fransiyaning yetakchi FERRANDI Parij instituti bilan hamkorlik to'g'risida bitim imzoladilar.
FERRANDI Parij instituti restoran, oshpazlik va mehmonxona sanoati uchun kadrlar tayyorlash bilan shug'ullanadi. U Parij savdo-sanoat palatasi qoshida ish olib boradi.
"O'zmilliybank" AJ va O'zbekiston savdo-sanoat palatasi vakillari mazkur institut rahbariyati bilan muzokaralar olib borishdi. Uchrashuvda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida Toshkent va Samarqandda FERRANDI Parij instituti filiallari faoliyati tashkil etiladi.






